Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 29-mayiga qadar O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi tanlovi o‘tkaziladi, bu haqda O‘zA xabar beradi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tanlov g‘olibiga respublikaning tarixiy shaharlaridan biriga yozgi ta’til vaqtida bir haftalik sayohat yo‘llanmasi beriladi.

Bu haqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Qodirov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 3- va 5-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bo‘ka tumanida qator tadbirlar o‘tkazmoqda. Ana shunday tadbirlarda markaz tomonidan aholi va yoshlarga 2 mingdan ziyod kitoblar taqdim etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi qarovsiz eski stadion o‘rnida tuman Ma’naviyat va ma’rifat ekoparki qurilishi mo‘ljallanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi