Bugun, 11-aprel kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi A373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida Nexia avtomobili boshqaruvida bo‘lgan, 1978-yilda tug‘ilgan namanganlik G‘.M. Namangandan Toshkentga kelayotib, shu yo‘nalishda oldinda yana bir Nexia’ni boshqarib borayotgan 1996-yili tug‘ilgan Toshkent viloyatida yashovchi N.A. avtoulovining orqa yon qismiga borib uriladi. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB “Daryo”ga ma’lum qildi.
Avtohalokat natijasida oldinda harakatlanib ketayotgan Nexia avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismini ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan.
Oqibatda, avtomobil ichida bo‘lgan yo‘lovchilar – 2000-yilda tug‘ilgan A.O. va M.U. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mudhish voqea yuzasidan dastlabki surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)