Misr Yaqin Sharq strategik alyansini (MESA, shuningdek “Arab NATO”si deb nomlanadi) shakllantirishda ishtirok etishdan bosh tortgani haqida AQSh ma’muriyatiga xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Misr tomoni Qo‘shma Shtatlarni va Yaqin Sharq alyansining boshqa ishtirokchilarini ham ushbu qaror to‘g‘risida xabardor qilgan. Misr hukumati bunday ittifoqning tuzilishi Eron bilan ziddiyatlarga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.
Shuningdek, Misr tomonining ushbu qaroriga sabablaridan biri AQSh Prezidenti Donald Trampning 2020-yil ikkinchi muddatga qayta saylanishiga doir noaniqlik bo‘ldi. Mamlakat hukumati agar AQSh hukumati tepasiga boshqa bir odam keladigan bo‘lsa, bunday Yaqin Sharq alyansining mavjud bo‘lishi xavf ostida ekanligidan havotirda.
Oq Uy mazkur ma’lumotlarini tasdiqlash talabiga hali javob bermagan.
Qo‘shma Shtatlarning rejasiga ko‘ra, “Arab NATO”si tarkibida oltita Fors ko‘rfazi mamlakatlari (Bahrayn, Qatar, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Saudiya Arabistoni), shuningdek, Misr va Iordaniya kiradi.
Izoh (0)