“Turkiston” san’at saroyida “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lumotiga qaraganda, taqdimotda hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan bir film bir nechta nominatsiya g‘olibi deb topildi.

Foto: Rejissor Jahongir Ahmedov arxivi

Rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik  filmш “Eng yaxshi grim rassomi”, “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyalariga munosib ko‘rildi.

Rejissor Rashid Malikov “Sabot” filmi esa “Eng yaxshi rejissorlik ishi” va  “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Foto: “Sabot” filmi posteri

Rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olingan “Elparvar” tarixiy filmi “Eng yaxshi grafika ishi”, “Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom”, “Eng yaxshi kino bastakori” nominatsiyasilari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi “Eng yaxshi montaj ishi”, “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi film” nominatsiyalarining g‘olibi deb topildi.

Foto: “Daryo”

Ma’lumot uchun “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti, “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “Milliy” telekanali hamkorligida tashkillashtirildi.