10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Ayaks” darvozasini ishg‘ol qildi (1:1).
Mazkur musobaqada 34 yoshli portugaliyalik Niderlandiya klubiga qarshi kechgan 6 ta o‘yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shulardan 6 tasini “Ayaks” uyida bo‘lib o‘tgan 3 ta bellashuvda urgan. Qayd etish joiz, Ronaldu “Ayaks”ning uy stadionida mezbonlarga 6 ta gol urgan yagona o‘yinchiga aylandi.
Musobaqa tarixida Ronaldu faqatgina “Yuventus” hamda “Bavariya” darvozalariga “Ayaks”ga qaraganda ko‘proq gol urgan (10 tadan).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)