Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi maktab o‘quvchisi, 2003-yilda tug‘ilgan M.G. uyida tug‘ilgan kun marosimida tort ustiga sham yoqib, xonaga olib kirayotgan vaqtida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xonada metan gazi bilan to‘ldirilgan shar yorilib ketishi oqibatida alanga hosil bo‘lgan. Buning oqibatida M.G. kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)