9-aprel kuni O‘zbekistonning bir necha viloyatlari bo‘ylab tashkil etilgan sayyor qabullar davomida fuqarolar muammolari hal etildi. Bu haqda “Daryo”ga Perzident Xalq qabulxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sariosiyo tumani aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda 375 nafar fuqarolardan jami 537 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 258 tasi joyida qanoatlantirilib, 47,5 foiz samaradorlikka erishilgan. Qolgan murojaatlarning barchasi nazoratga olingan.
Namangan viloyatida tashkil etilgan sayyor qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid 311 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan 161 tasi joyida ijobiy hal etilgan. 10 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 140 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olingan.
Farg‘ona viloyati ikkinchi sektori rahbari ishtirokidagi sayyor qabul davomida 118 nafar fuqarolarning murojaati tinglangan.
Qabul davomida 89 nafar fuqarolarning yozma murojaatlari qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topilgan.
Izoh (0)