Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni Pele Parijdagi shifoxonadan chiqdi. Bu haqda RTL xabar berdi.
U tetaniya kasalligining (mushaklar tortishib og‘rishi) xuruj berishi sababli shifoxonaga yotqizilgandi.
Uning maslahatchisi bergan ma’lumotga ko‘ra, 8-aprel, dushanba kuni 78 yoshli sobiq futbolchi Braziliyaga jo‘nab ketgan.
“O‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Antibiotiklar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Sinovlar ortda qoldi ”, — deb yozadi Pele o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.U PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan ko‘rishish maqsadida Fransiyaga kelgandi. Shifoxonadan chiqadigan kuni Peleni ko‘rgani vatandoshi Neymar ham kelgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)