Rio-de-Janeyroda sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida kamida 10 nafar fuqaro halok bo‘lgan, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Toshqinlarni yog‘ib o‘tgan kuchli yog‘ingarchilik keltirib chiqargan. Bir kunlik yog‘ingarchilik me’yori 9 soat ichida yoqqan.
Shahar ma’muriyati vaziyatni inqirozli deb atamoqda. Barcha kommunal xizmatchilar mobilizatsiya qilingan. Maktablar va bolalar bog‘chalari yopilgan, ba’zi oilalar uylaridan chiqa olmayapti. Ular qutqaruvchilar tomonidan evakuatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)