Hindistonning Yangi Dehli shahrida tibetlik ruhoniy Dalay Lama XIV ko‘krak organlari infeksiyasi kasalligi bilan kasalxonaga yotqizildi, deya xabar beradi “Zakon.kz”.
Hozirda u davo muolajalarini o‘tamoqda. Dalay Lamaning shaxsiy kotibi Tibet ruhoniysining ahvoli barqaror ekanini, u kasalxonada ikki yoki uch kun qolishini qayd etgan.
1959-yilda Xitoy rasmiylariga qarshi qurolli qo‘zg‘olon omadsizlikka yuz tutganidan so‘ng, Dalay Lama XIV Tenzin Gyatso Tibetdan qochib ketgan.
Hozirgi vaqtda Tibet ruhoniysi va uning tarafdorlari Hindistonning Dxarmsala shahrida istiqomat qiladi.
2011-yilning mart oyida Dalay Lama yetakchi lavozimidan chetlatilganini e’lon qilgan. Ammo u bilan Pekin o‘rtasidagi munozara sovumagan, uni separatist deb hisoblashda davom etishmoqda.
Izoh (0)