Termizda xalqaro baxshichilik festivali davom etmoqda. Unda eng yosh ishtirokchi — 5 yoshli G‘olibjon baxshi ham qatnashayotgani, u bilan bo‘lgan suhbatni ma’lum qilgan edik.
Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lumotiga qaraganda, G‘olibjon Oripov Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik tanlovining “Eng yosh baxshichilik san’ati ishtirokchisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.