8-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 33-turida “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar “Vest Hem”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi (2:0).
Azar joriy mavsum gollari sonini 16 taga yetkazib oldi va u o‘zining Premyer ligadagi eng yaxshi natijasini takrorladi. 2016/17-yilgi mavsumda ham u raqib darvozasini 16 marta ishg‘ol qilgandi.
Belgiyalik mazkur chempionatda “gol+pas” tizimida yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 28 ta ochko (16 ta gol va 12 ta golli uzatma) mavjud. Bu borada u Serxio Aguero (26 ochko), Muhammad Saloh (25) va Rahim Sterlingni (24) ortda qoldirmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)