Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili P.Burian boshchiligidagi delegatsiya va Global yashil o‘sish instituti bosh direktori o‘rinbosari X.Kim Orol dengizi hududiga tashrif buyurdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trast fondi (KTShTF) doirasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Xabarda aytilishicha, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bosh boshqarmasi (DEVCO) 2021—2027-yillarda o‘z e’tiborini YeI budjetidan Orolbo‘yi uchun mablag‘ ajratishga qaratadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Orolning qurishi oqibatlarini bartaraf etish uchun aralash moliyalash mexanizmini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratishni o‘rganmoqda.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston tomoni taklifi bilan BMTning Yashil iqlim fondidan (YаIF) mablag‘ jalb qilish borasida loyihaviy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.