Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi joriy yil 1-apreldan koreys millatiga mansub fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini rasmiylashtirishda huquqiy yordam ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda ushbu davlat diplomatik missiyasiga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.
Jumladan, elchixona fuqarolik olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda huquqiy maslahat berib, keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bu jarayonda jismoniy yordam ko‘rsatmoqda.
“Elchixona fuqaroligi bo‘lmagan etnik koreyslar mazkur dastur yordamida O‘zbekiston fuqaroligini olish hamda yanada ishonchli huquqiy maqomga ega bo‘lish, shuningdek, Koreya Respublikasida bo‘lish bilan bog‘liq qulayliklardan foydalana olishlariga umid bildiradi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)