Bilimlarni baholash masalasiga ikki xil nuqtai nazardan yondashish kerak. Bu haqda “Daryo” kolumnisti, “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov o‘z fikrlarini aytib o‘tadi.
Birinchidan, o‘qituvchining bahosi o‘quvchiga u yana nimaning ustidan ishlashi lozimligi haqida ma’lumot berishi kerak. Biz o‘qituvchilarni o‘quvchilar bilan ikki tomonlama muloqotni o‘rnatishga o‘rgatishimiz kerak. Shunchaki uch yoki shunchaki quruq besh baho qo‘yilmasligi kerak. O‘quvchi nimaga erishganini va yana nimalar ustida ishlashi lozimligini bilishi kerak. Baholash tizimi ota-onalar uchun ham tushunarli bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, faqat bilimlargina baholanishi kerak emas. Biz o‘quvchi bilishini, tushunishini, o‘z bilimlarini qo‘llay, tahlil qila olishini, umumlashtira olishini va o‘z xulosalarini chiqara olishini tushunib yetishimiz kerak. Shu sababdan o‘qituvchilar uchun vazifalar, mashqlar va savollarni tuzish eng mushkul masala hisoblanadi. Ba’zi darslik kitoblarda matndan keyin savol berilgan, matn ichida esa javob allaqachon bor. Bu o‘quvchilarga faqat bilishni o‘rgatadi, bizning vazifamiz esa ular bilimlarni tushunishlari va qo‘llay bilishlariga erishishdan iborat.
Har bir umumta’lim maktabida yangi baholash tizimi bo‘yicha koordinatorlar tayyorlash lozim. Fan o‘qituvchilarini vazifalar tuzishga o‘rgatish kurslarini tashkil qilishimiz kerak, maktablar tizim-metodik komplekslar yaratishlari va bu komplekslarga pedagoglar tomonidan tuzilgan vazifalar jo‘natilib turishi lozim.
Asosiy vazifa o‘quvchida qoniqarsiz bahoni to‘g‘rilash imkoni bo‘lishi kerak, ya’ni 2, 3, 4 va 5 baholar olgach, chorak oxirida o‘rtacha uch baho bilan qolmasin. O‘quvchida doimo o‘z bahosini yaxshilash imkoni bo‘lishi kerak.
Maktab darsliklaridagi kamchiliklar
Maktab o‘quvchilari uchun tayyorlangan darslik kitoblarida kamchiliklar mavjud va ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritib, nuqsonlar bartaraf qilinishi lozim. Darslik kitobi bolalarga ta’lim berish vositalarining bittasi xolos. Yangi standartlar joriy qilinganda, o‘qituvchi kadrlarni, ekspertlarni va mualliflarnii alohida tayyorlash ishlari boshlanadi. Shu sababdan mualliflar bir kundayoq o‘zgarib qolishlarining imkoni bo‘lmaydi albatta. Muayyan kamchiliklar borligi ayon. Darslik kitoblarini jamoatchilik tekshiruvi, o‘qishi ishlarini amalga oshirish lozim. Barcha xohlovchilar bu loyihaga qatnashishlari mumkin.
Fuqarolarimiz maktab darsliklarini jamoatchilik tekshiruvida qatnashishlari lozim. Darslik kitobi tarqatish uchun ommaviy nashrga topshirilishidan oldin, jamoatchilik o‘qib chiqishi o‘tkazilishi lozim. Bu amaliyotning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini oshirishdan iborat. Men ta’lim sifati past yoki bo‘sh deb aytmayapman. Muddao ta’limning zamonaviy talablarga javob bera olishida. O‘rta maktab ta’limi darajasida ta’limni zamonaviy holatgacha ko‘tarishimiz kerak. Masalan, konseptual ta’lim asosida tuzilgan Finlyandiya ta’lim tizimi haqida ijobiy ma’lumotlardan ko‘pchilik xabardor. Steam-o‘qitish deb nomlangan tizim, ya’ni matematika, informatika, kimyo, fizika va biologiyani kabi fanlarning hammasini integratsiya qilish (birlashtirish) usuli mavjud. Shuning hisobidan qaysi bir yo‘llar bilan bolalarga qo‘yiladigan yukni kamaytirishga erishish mumkin. Fanlar bir-birlarini takrorlamasdan, balki bolalarni rivojlantirishiga erishish kerak.
Kasb-texnik va oliy ta’limda mutaxassislar tayyorlash mehnat bozori talablari asosida, ya’ni bugungi kunda qanaqa mutaxassislar kerakligini hisobga olgan holda olib borilishi kerak. Biz mutaxassislarning ko‘nikma-malakalari faqat kognitiv bo‘lishi yetarli emasligini anglab yetishimiz kerak. Biz yuqori tartibdagi ko‘nikmalar: tahlil, sintez, xulosalar chiqarish qobiliyati, qiziquvchanlik haqida fikrlashimiz kerak. O‘quv dasturlari bir kunda tayyor bo‘ladi degan savolga javob qoniqarsiz bo‘ladi. Biz asta-sekin o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqib va o‘qituvchi kadrlar tayyorlashimiz zarur bo‘lgan muayyan o‘tish davri bo‘ladi.
O‘rta maktab, litseylar va oliy o‘quv yurtlari dasturlarida o‘zgarishlar kiritilishi
Ta’lim zamonaviy talablarga javob berishi kerak. Senat raisining so‘nggi murojaatnomasida o‘quv dasturlarini zamonaviy darajaga ko‘tarish masalasi ta’kidlab o‘tildi. Zamonaviy darajaga olib kelishni o‘rta maktab darajasida qarashimiz kerak — masalan, konseptual ta’limga asoslangan Finlandiya ta’lim tizimi mashhur. Steam-ta’lim, strim-ta’lim turlari mavjud. Ya’ni matematika, informatika, kimyo, fizika va biologiya kabi fanlarning hammasini integratsiya qilish (birlashtirish) usuli mavjud — shuning hisobidan qaysi bir yo‘llar bilan bolalarga qo‘yiladigan yukni kamaytirishga erishish mumkin.
Kasbiy-texnik va oliy ta’limda mavjud an’analar haqida gap ketsa, bu yerda mutaxassislar tayyorlash mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda olib borilishiga urg‘u berish lozim. Kasbiy-texnik va oliy ta’lim sharoitida, bugungi kunda mutaxassislar tayyorlash mehnat bozori sharoitlarini hisobga olgan holda olib borilishi lozim.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.
Izoh (0)