• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Baxshichilikni saqlab qolish uchun bugun harakat qilmasak, ertaga kech bo‘ladi. Kelgusi avlod, tarix bizni kechirmaydi

    Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari Termizda o‘z ishini boshlagan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san’at bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 nafardan ortiq kishi qatnashmoqda. Ular orasida xalqaro tuzilmalar va hukumatlar vakillari, atoqli madaniyat arboblari, folklor san’ati namoyandalari, OAV xodimlari bor. Prezident ularni samimiy qutladi.

    “Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning folklor san’atida mujassam topgani hammamizga yaxshi ma’lum. Turli xalqlarning milliy o‘zligini, ularning tili va hayot tarzini, an’ana va urf-odatlarini ifoda etadigan baxshichilik san’ati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir.

    Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan ‘ommaviy madaniyat’, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulog‘i bo‘lgan folklor san’atiga e’tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas.

    Mana shunday noyob va buyuk san’at bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, ko‘p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib turgani — bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu go‘zal va betakror san’atning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan ko‘ra ko‘proq tashvishga solayotganiga ishonaman.Biz xalq ijodiyotini, turli o‘lkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, o‘z timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir iste’dodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Bugun o‘z ishini boshlayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezidentga ko‘ra, bu borada, avvalo, baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash, uni milliy madaniyatning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish uchun birgalikda jiddiy ish olib borish kerak.

    Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, “ustoz — shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish, madaniyat va san’at muassasalari qoshida baxshichilik to‘garaklari tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, to‘y-tomoshalar, turli bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini ta’minlash, shu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, baxshichilik san’atini keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarining audio va video variantlarini ko‘paytirish maqsadga muvofiq.

    “Agar biz bu noyob san’atni saqlab qolish uchun bugun barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech bo‘ladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi”, dedi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev bu borada O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Mamlakatda xalq ijodiyotini asrab-avaylash va yuksaltirish maqsadida mashhur “Alpomish” dostonining 1000 yilligi keng nishonlandi. Bu ulug‘ badiiy obida sharafiga muhtasham haykal o‘rnatildi. Samarqand shahrida atoqli baxshilar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi bunyod etildi. “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis qilindi.

    Termiz shahrida yangi tashkil etilgan baxshilar maktabida, respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablarida yuzlab yoshlar milliy folklor san’atini o‘rganmoqda. 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Uning 59 jildi aynan xalq dostonlaridan iborat. Shuningdek, ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plami ham chop etildi.

    Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari muntazam davom etmoqda. Sohaga oid kitob va albomlar, filmlar va teleko‘rsatuvlar yaratilmoqda. Baxshilar xalqaro ko‘rik-tanlovlarda, xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlarida munosib ishtirok etmoqda.

    Shavkat Mirziyoyev festival va uning doirasida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    07.04.2019, 09:39   Izoh (0)   23103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DSQ: Shayxontohur tumani soliq xodimlari yoppasiga ishdan bo‘shatilmagan

    07.04.2019, 08:45

    O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘z tizimida “korrupsiyaga qarshi urush” e’lon qildi

    06.04.2019, 23:56

    Toshkentda 7-aprel kuni avtomarafon o‘tkaziladi. Ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

    06.04.2019, 23:35

    Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” sayilgohida yoshlar festivali o‘kazildi (foto, video)

    06.04.2019, 22:33

    Shavkat Mirziyoyev Sulton Saodatni Buxoriy, Termiziy maqbaralaridek katta va go‘zal ziyoratgohga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

    06.04.2019, 22:13

    Qashqadaryodagi ko‘chki oqibatida ishdan chiqqan temiryo‘l to‘liq qayta tiklandi

    06.04.2019, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.