6-mart kuni Toshkent tumanidagi “G‘ishtko‘prik” chegara maskanida O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tmoqchi bo‘lgan ayolning ichki kiyimidan 213,61 gramm zargarlik buyumlari topilgan, deya xabar beradi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Bu haqda 3-aprel kuni Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasidan Ichki ishlar boshqarmasiga hujjatlar kelib tushgan.
Ekpertiza natijasida zargarlik buyumlaridagi O‘zbekiston Davlat asillik darajasi tamg‘asining qalbakilashtirilgani ham aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)