Bugun, 5-aprel kuni Rio—2016 Olimpiadasi chempioni o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi.
BAAning Dubay shahridagi Amirlik golf klubi mezbonlik qilgan jangda Zoirovga indoneziyalik Entoni Holt (5 ta g‘alaba, 1 ta durang, 4 ta mag‘lubiyat, 3 ta nokaut) raqiblik qildi. Jangning 1-raundidayoq Shahobiddin raqibini nokautga uchratdi. Natijada o‘zbekistonlik bokschi debyut jangidayoq muddatidan avval g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zoirov Buyuk Britaniyaning mashhur MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)