Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yangi mavsum oldidan jamoaga 5 nafar yangi o‘yinchini taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The Telegraph.

Foto: Sportbox

Foto: Sportbox

Norvegiyalik o‘ng va markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida, bundan tashqari universal hujumchi sotib olmoqchi.

Agarda shartnoma muddati tugayotgan Xuan Mata va Ander Errera “Old Trafford”ni tark etadigan bo‘lsa, Sulsher yarim himoya chizig‘iga yangi o‘yinchilarni taklif qilishni ko‘zda tutgan.

“Yunayted”ning short-listidan “Borussiya” hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho va “Kristal Pelas” himoyachisi Aaron Uan-Bissaka o‘rin egallagan. Bundan tashqari klub akademiyadan bir necha futbolchilarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Sulsher “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson davridagi kabi jamoani Britaniya futbolchilaridan shakllantirishni ko‘zda tutgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?