“Million” jamoasining Xalqlar do‘stligi san’at saroyidagi konsert dasturi boshlandi. Jurnalist Feruz Muhammad konsert dasturining ilk kunida mehmon bo‘ldi.
Dasturning eng qiziq jarayonlaridan iborat fotojamlanmani e’tiboringizga havola etamiz.
Asosan dasturda mehmon sifatida ishtirok qiladigan o‘zbek musiqa va kino olami vakillari “Million”ning bu galgi konsert dasturida hazillarni sahnada turib ijro etishiga to‘g‘ri keldi.
Misol uchun Chechiniston xalq artisti San Jay “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘ini “Davron ko‘rdim” deya ijro etishini hech kim kutmagan edi. Davron Qobulov esa San Jayni kinoyali savollar bilan “savaladi”.
“Million” jamoasining deyarli har bir konsert dasturida eslab o‘tiladigan aktrisa Zarina Nizomiddinova bu safar sport murabbiyi sifatida o‘zi ham rol ijro etdi.
“Million” jamoasining konsert dasturi davom etmoqda.
Izoh (0)