Goldman Sachs tadqiqotiga ko‘ra, Britaniya iqtisodiyoti 2016-yilning o‘rtalarida qabul qilingan Yevropa Ittifoqidan chiqish qarori tufayli YaIMning taxminan 2,5 foizini yo‘qotdi. Bu haqda “Kommersant” xabar beradi.
Bank mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Britaniya iqtisodiyotining zarari haftasiga taxminan 600 million funt sterlingni tashkil qildi.
Iqtisodchilar fikriga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan kelishuvlarsiz chiqishi varianti amalga oshirilgan taqdirda, Buyuk Britaniya o‘z ishonchini yo‘qotadi. Mamlakat iqtisodiyoti milliy valyuta qadrining keskin pasayishi bilan bog‘liq katta yo‘qotishlarga duch keladi.
Izoh (0)