1-aprel kuni ertalab Hindistonning Jammu va Kashmir shtatlarida xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvda ekstremist guruhning kamida to‘rt nafar a’zosi o‘ldirilgan, deya xabar beradi “TASS”. Jangda shuningdek uch nafar harbiy yaralangan.
Hindiston politsiyasi dushanba kuni Pulvam okrugidagi jangarilarni tozalash bo‘yicha operatsiya o‘tkaza boshlagan.
Yo‘q qilingan terrorchilarning “Lashkari Toiba” ekstremistik guruhiga mansubligi aniqlangan. Harbiylar ko‘p sonli qurol va o‘q-dorilar, jumladan AK-47 rusumli o‘q-dorilar, granatalar saqlanayotgan jangarilar boshpanasini topgan. Operatsiya davom etmoqda.
Pulvamda maxsus xavfsizligi choralari 14-fevral kuni Hindiston xavfsizlik mulozimlarining avtokolonasiga hujum qilganidan so‘ng boshlangan.
Hujum oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Ushbu hujum Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning keskin yomonlashishiga olib kelgan: Yangi Dehli Islomobodni “Jaish-e-Muhammad” (“Muhammad lashkari”) guruhining jangarilariga yordam berishda ayblagan.
Izoh (0)