Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning mashhur Bild nashri gazetaning bosh sahifasiga yonayotgan mashinadan ikki yoshli singlisi Xiru Nur Buyukxonni qutqargan Kenan Buyukxonning qahramonligi to‘g‘risida maqola joyladi, deya xabar beradi “Azon.uz”.

Foto: “Azon.uz”

Foto: “Azon.uz”

Bolaning onasi mashinani Nyurnberg shahridagi bolalar bog‘chasi yonida qoldirib ketgan. Avtomobil ichida bolalar bo‘lgan. Shu payt 9 yoshli Kenan tutun hidini sezib, mashinadan chiqadi, umrida birinchi bor, qiyinchiliklar bilan bolalar o‘rindig‘idagi xafvsizlik kamarini yechib, singlisini ham mashinadan chiqaradi.

Bog‘chadan chiqqan ona yong‘indan farzandlarini qutqaraman deganda, singlisini ko‘tarib panada turgan o‘g‘li uni to‘xtatib qoladi.

Buyukxonlar oilasi Nyurinbergdagi Turkiyaning bosh konsulligiga taklif etilgan. 9 yoshli qahramonni Turkiya bosh konsuli Yavuz Kyul taqdirlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda