Hatto Kanadadagi Arktika va Grenlandiyaning mahalliy aholisi bo‘lgan inuitlar ham beshafqat Devon orolida yashay olmagan, deya yozadi Travel Ask.
17-asrning boshlarida inglizlar tomonidan kashf etilganidan buyon, garchi sovuq iqlimga qaramay, qo‘shni katta orollarda odamlar yashagan bo‘lishsa ham, ko‘pchilik Devonga joylashishni xohlamagan. Bu yerda bir necha vaqt olimlar va chegara qo‘riqchilari yashagan, ammo ular ham izlanishlar tugagach, bu yerni tark etgan. Hozir esa Devon Yer sayyorasidagi eng katta kimsasiz orol hisoblanadi.
Devon orol Kanada hududidagi Arktika orollari tarkibiga kiradi va 55,2 ming kvadrat kilometr maydonga ega. Ma’muriy jihatdan orol Nunavutning tarkibiga kiradi. Aholisining 80% dan ortig‘i inuit. Ammo hatto Arktikadagi o‘zining og‘ir sharoitlariga moslashgan tub aholi ham Devon orolida yashay olmagan. O‘tgan asrning 30-yillarida o‘nlab oilalar bu yerga doimiy yashash umidida ko‘chib kelgan. Lekin oradan ikki yil o‘tib, qo‘shni oroldan kelgan odamlar Devonni tark etgan. Chunki iqlim ularning avval yashagan hududidan ham ancha sovuq edi.
Devon orolida qish oylarida havo harorati 34-36 daraja va undan ham sovuq, yozda esa 10 daraja iliq bo‘ladi. Orolda tundra va arktika cho‘llari mavjud. Qirg‘oq chiziqlari ko‘pgina ko‘rfazlar bilan kesishgan. Bu esa orolni yana ham dahshatliroq ahvolga keltiradi. Devonda yashovchi yagona hayvon ho‘kizqo‘y hisoblanadi.
Biroq hech kim yashashni istamaydigan orolda Mars bilan bog‘liq qiziqarli obyekt bor. Bu diametri taxminan 2 kilometr bo‘lgan meteoritning qulashi oqibatida paydo bo‘lgan Krot krateridir. Bu krater o‘tgan asrning 50-yillarida aerodromlarni o‘rganishda kashf etilgan.
Izoh (0)