iPhone Xs Samsung Galaxy S10 dan mustahkamroq bo‘lib chiqdi (video)
PhoneBuff YouTube kanali muallifi Samsung Galaxy S10 + va iPhone Xs Max’ning mustahkamligini sinovdan o‘tkazdi. Beton ustiga tushishi natijasida Samsung smartfoni iPhone’dan ko‘ra ko‘proq zarar ko‘rdi.
Shuningdek, Samsung telefoni old panel bilan tushganligi sababli ekranda ultratovush barmoq izlari skaneri ishlamay qoldi. Biroq, old paneli bilan 10 martalik “tushib yuborish”dan so‘ng, Galaxy S10 ishlashda davom etdi. iPhone ekrani esa uchinchi qulashdan keyin javob bermay qo‘ydi. Shu bilan birga, har ikkala ishlab chiqaruvchi ham o‘z qurilmalarining dunyodagi eng bardoshli shishaga ega ekanligini ta’kidlamoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar