30-mart, shanba kuni Chimkent—Toshkent velomarafoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur musobaqa Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilinganligini nishonlash, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, turizmni rivojlantirish, velosportni ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.
Velomarafonda 150 nafar qozog‘istonlik va 100 nafarga yaqin o‘zbekistonlik velosipedchilar Qozog‘istonning Shimkent shahri hokimligidan Toshkent shahridagi Qozog‘iston elchixonasiga qadar bo‘lgan 130 kilometrlik masofani bosib o‘tdi.
Velomarafonda marraga birinchi bo‘lib qozog‘istonlik Aleksey Sidorenko yetib kelgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni angliyalik Betyu Rayt va uchinchi o‘rin o‘zbekistonlik Shoxrux Yunusovga nasib etdi.
Marafonda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi O‘zbekiston va qozog‘istonlik velosport ishqibozlari bo‘lib, eng yoshi ulug‘ ayol ishtirokchi sifatida 50 yoshli Svetlana Isayeva va eng yoshi katta erkak ishtirokchi sifatida 61 yoshli Xursand Sherov ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)