Toshkentdagi Central Park’da 7 tonnalik sumalak tayyorlash boshlandi, deya yozadi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Sumalakni tayyorlash uchun 1,25 tonna bug‘doy va 4 tonna un ketgan. Tayyorlash jarayonida 80 nafar oshpaz qatnashmoqda.
Ushbu milliy taom xayriya maqsadida tayyorlanmoqda. 30-mart kuni tayyor bo‘lgan sumalak mehribonlik uylariga, poytaxt ahli va mehmonlariga tarqatiladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi, Coca-Cola O‘zbekiston kompaniyasi va Toshkent shahar hokimiyati tadbir tashkilotchilar sifatida qatnashmoqda.
Izoh (0)