O‘zbekiston Malayziyaga bodom eksport qilishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Kuni kecha Namangan viloyatiga Baraka Istithmar savdo-sanoat kompaniyasi rahbari Abdullax Yusuf Al Kadxi tashrif buyurgan. U viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va fermerlik xo‘jaligi rahbarlari bilan muzokara o‘tkazgan.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bodomini Malayziyaning Baraka Istithmar brendi savdo tarmog‘iga yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomasi imzolangan.
Shartnoma qiymati ikki million dollarni tashkil qiladi.
Bundan avval Baraka Istithmar kompaniyasi Xorazm viloyatidan quritilgan mevalarni Malayziyaga eksport qilishga kelishib olgandi.
Izoh (0)