27-mart, chorshanba kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Toshkentning Uchtepa tumanidagi 4-umumta’lim maktabiga borib, o‘zi ta’lim olgan ushbu muassasaga sport jihozlari hamda kitoblar sovg‘a qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
“Umid qilamizki, o‘quvchilarimiz bu kitoblarni o‘qib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashadi. Yoshlarimiz qaysi sohani tanlamasinlar, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun nafaqat ma’nan, balkim jismonan rivojlanish ham muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, o‘quvchilarimiz bo‘sh vaqtlarini turli zararli odatlarga sarflashlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularni kitob o‘qishga, sport bilan shug‘ullanishga da’vat etishimiz zarur”, – deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, rahbarlarnining o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilish tashabbusi 19-mart kuni yoshlar ma’naviyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ko‘mak berish, yoshlar orasida kitob o‘qishni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)