Farg‘ona viloyati ikkinchi sektori — viloyat prokurori tomonidan Uchko‘prik tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga o‘z manbasi xabar berdi.
Tumandagi 9 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ushbu sektor hududida bo‘lib, 39 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Fuqarolar, davlat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda murojaatlar, asosan, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi. Ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.
Ushbu sayyor qabul davomida 120 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalarga doir murojaatlari eshitilib, ulardan aksariyatini joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Izoh (0)