Yer insoniyatning yagona uyi, lekin ba’zan odamlar bunga e’tibor bermaydi. Afsuski, hozirda tabiat har qachongidan ham yordamga muhtoj. Yaxshiyamki, dunyoda haqiqatan ham sayyorani qutqarishga intiladigan, uning kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qiladigan va go‘zalligini saqlab qolishni xohlaydigan insonlar bor. Angliyalik Pet Smit tabiatni tozalash uchun o‘z hissasini qo‘shdi. AdMe uning ishini rasmlarda aks ettirdi.
Buyuk Britaniyalik Pet Smit ismli 70 yoshli ayol plastmassalar natijasida sohillar qanchalik ifloslanayotgani haqida hujjatli film ko‘rgan. Shundan keyin har hafta bittadan sohilni tozalashga qaror qilgan.
U tug‘ilib o‘sgan shahar Kornuolledagi odamlar bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan.
Ko‘ngillilar va nabiralar bilan birgalikda Pet 2018-yilda 52 ta sohilni tozalashga va’da bergan.
Lekin bu hikoyaning oxiri emas: u dunyoni yaxshiroq joyga aylantirmoqda.
Izoh (0)