26-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Tojikiston U-23 termasiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Mazkur o‘yindagi durangga qaramay Lyubinko Drulovich shogirdlari musobaqaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kelasi yilning 8—26-yanvar kunlari Tailandda o‘tkazilib, unda 16 terma jamoa ishtirok etadi. Ta’kidlash joiz, unda kuchli uchlikka kirgan jamoalar Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanmaga ega bo‘ladi. Agar yaponlar yarim finalgacha yetib borsa, bu bosqichgacha chiqqan barcha jamoalar ham Olimpiada ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
U-23 Osiyo chempionati
Saralash bahslari
“F” guruhi
26-mart, seshanba
O‘zbekiston—Tojikiston 0:0
O‘zbekiston: Umidjon Ergashev, Islomjon Qobilov, Xojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev, Oston O‘runov, Islom Kenjaboyev, Jasurbek Yaxshiboyev, Mirjahon Mirahmadov (Bobur Abduholiqov, 55), Oybek Rustamov, Ilhom Alijonov, Husniddin G‘ofurov.Tojikiston: Rustam Yatimov, Zoir Jo‘raboyev, Davlatmir Tabrizi, Manuchexr Safarov, Karomatullo Saidov, Muhammadjon Rahimov (Shervoni Mabatshoyev, 90), Sharafjon Solehov, Sheriddin Boboyev, Alisher Barotov, Ehsoni Panshanbe, Daler Yodgorov.
Ogohlantirishlar: Manuchexr Safarov (5), Oybek Rustamov (22), Muhammadjon Rahimov (43), Karomatullo Saidov (80), Ehsoni Panshanbe (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)