25-mart, dushanba kuni Yevro—2020 saralash bosqichida Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Serbiyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi (1:1).
“Yuventus”ning 34 yoshli futbolchisi o‘ng oyoq mushaklaridan jarohat oldi va 31-daqiqada uning o‘rniga zaxiradan “Benfika” yarim himoyachisi Pitssi maydonga tushdi.
Ronalduning qay darajada jarohat olgani hali ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” A Seriya doirasida yaqinlashib kelayotgan turlarda “Empoli”, “Kalyari” hamda “Milan” bilan o‘ynaydi. 9-aprel kuni esa Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki uchrashuvida “Ayaks”ga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Ronalduning Ukraina (1:1) va Serbiyaga (1:1) qarshi o‘yinlar Portugaliya terma jamoasi safidagi Jahon Chempionati—2018 musobaqasidan keyingi dastlabki uchrashuvlari edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)