Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

24-mart kuni Ispaniya qiroli Felipe VI va uning turmush o‘rtog‘i qirolicha Letisiya Argentina shahriga uchib kelgan, deya xabar beradi “Meduza”.

Foto: Mariscal/EPA/Scanpix/LETA

Foto: Mariscal/EPA/Scanpix/LETA

Ularning Airbus 310 avialayneri Buenos-Ayres markazidagi Xorxe Nyuberi aeroportiga qo‘ngan. U yerda qirollik oilasini Argentina va Ispaniyaning tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi rasmiy delegatsiya kutayotgan edi.

Ammo Felipe VI va Letisiya samolyotdan chiqolmagan — ularga berilgan trap juda past past bo‘lgan! Masalani hal qilish bir soat vaqtni olgan. Avvallari qirollik oilasining samolyoti Buenos-Ayresdagi balandroq trapi bo‘lgan boshqa aeroportga jo‘natilishi rejalashtirilgan. Keyinroq esa Xorxe Nyuberi aeroportida ham mos trap borligi, u Argentina prezidenti Maurisio Makri uchun ishlatilishi ma’lum bo‘lgan.

Muammo shundaki, narvon barmoq izida ochiladigan qulflangan angarda bo‘lgan. Uni ochadigan odamni topish oson bo‘lmagan. Natijada, angar ochilib, Felipe VI va Letisiya yerga tushgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda