AQSh hukumati O‘zbekiston paxtasini majburiy bolalar mehnati yordamida terilgan paxta mahsulotlari ro‘yxatidan chiqarganini ma’lum qildi, deya yozadi “Azon.uz”.
Mehnat departamenti O‘zbekistonni ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha ilk taklifni 2018-yil 31-iyulda kiritgan edi. Taklif kiritilgandan buyon o‘tkazilgan muttasil nazorat natijasida shunday qaror qabul qilingan.
O‘zbek paxtasi bu ro‘yxatga 2010-yilda kiritilgan. Unga ko‘ra, AQShdagi federal agentliklarning O‘zbekistondan paxta va paxta mahsulotlarini sotib olishi taqiqlangan edi.
“Bizga yetib kelgan xabarlar va barcha ma’lumotlarni batafsil o‘rganib chiqib, AQSh hukumati departamentlari O‘zbekistondagi paxta mavsumida majburiy bolalar mehnati sezilarli darajada kamayganiga va (bolalar mhnati) faqat alohida holatlarda kuzatilganiga amin bo‘lgan. Shuning uchun endi bu mahsulotni ro‘yxatga kiritish uchun asos yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)