Telegram messenjeri maksimal darajada maxfiy bo‘ldi, deb xabar berdi “Layfxaker”.

Foto: DW

Telegram’ning yangi versiyasida foydalanuvchi nafaqat o‘zi yozgan xabarlarni, balki so‘zlashuvchi tomonidan yozilgan xabarlarni ham o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu bir necha yil avval yozilgan xabarlarga ham amal qiladi.

O‘chirmoqchi bo‘lgan xabarni topasiz va o‘chirayotganda tegishli opsiyani tanlaysiz.

Yozuv shu ondayoq sizning va so‘zlashuvning boshqa ishtirokchisi qurilmasidan yo‘qoladi. Aynan shu narsani butun chat bilan ham qo‘llash mumkin.

Xabarlarni ikki tomondan o‘chirib tashlash funksiyasi messenjerda ikki yil oldin paydo bo‘lgan edi. Biroq u faqat ikki sutka ichida yozilgan xabarlarga nisbatangina qo‘llanilar edi.

Endilikda Telegram’da qandaydir kelishuvlarni amalga oshirish unchalik xavfsiz emas — endi chatlarni skrinshot qilish kerak. Bu hamma o‘zgarishlar emas.

Maxfiylik sozlanmalarida agar sizning xabaringiz boshqa chatga yo‘naltirilsa akkauntingizga havola berilishi yoki berilmasligini ham tanlashingiz mumkin. Shu tarzda u yoki bu xabarni siz yozganingizni hech kim isbotlay olmaydi.