Hindistonning turli hududlaridan bo‘lgan imomlar va islom olimlari bir qator Hindiston sayyohlik operatorlari bilan birgalikda O‘zbekistonga sayyohlik salohiyati bilan tanishish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi xabar berdi.
Hindiston delegatsiyasi 23 dan 28-martgacha ziyoratchilar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish uchun Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘ladi.
Hindiston delegatsiyasining safari O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan.
Hindistonning “Holiday Merchants” kompaniyasi direktori “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
“O‘zbekiston sayyohlik xizmatlarining jahon bozorida yetakchi o‘rin egallashi uchun ulkan sayyohlik salohiyati va boy tarixiy-madaniy merosiga ega. 2019-yilning 21—23-fevral kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Ziyorat turizmi” bo‘yicha birinchi xalqaro forumida ishtirok etib, men O‘zbekistonning ziyorat sayyohlik markazlaridan biri bo‘lishiga ishonchim komil bo‘ldi. Shuning uchun biz Hindistonning turli davlatlari uchun mamlakatga sayyohlik dasturlarini o‘tkazish uchun yangi sayyohlik dasturlarini ishlab chiqishga qaror qildik. Hindistonda O‘zbekistondagi islomiy ziyoratgohlarni, xususan, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Imom at-Termiziy yodgorlik majmualarini ziyorat qilishni istovchilar ko‘plab topiladi”, — deydi Vikas Xanduriy.
Izoh (0)