25-mart, dushanba kuni Xitoyning Nanning shahrida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha “China Cup—2019” xalqaro musobaqasining uchinchi o‘rni va chempionligi uchun kurash bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi Fabio Kannavaro boshliq mezbon jamoa Xitoy termasi bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning yarim finalida O‘zbekiston Urugvayga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (0:3). Xitoy esa Tailandga imkoniyatni boy bergandi (0:1).
Urugvay hamda Tailand terma jamoalari ham musobaqa g‘olibligi uchun maydonga tushadi. Bellashuv 16:35 da boshlanishi belgilangan.
China Cup—2019
3-o‘rin bahsi
25-mart, dushanba
Xitoy—O‘zbekiston 12:30
Final bahsiUrugvay—Tailand 16:35
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)