Ukraina Davlat chegara xizmati prezident saylovi arafasida Rossiya bilan chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirdi, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “TASS”

“Rossiya bilan chegarada vaziyat keskinligicha qolmoqda, ammo nazorat ostida. Ukraina prezidentlik saylov kampaniyasi hamda saylovlar davrida xavf darajasining oshgani tufayli Rossiya—Ukraina chegarasida xavfsizlikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar kuchaytirilgan”, — deydi Ukraina Davlat chegara xizmati matbuot kotibi. “Nazorat punktlarida va ularning tashqarisida ham chegara patrullari mavjud bo‘lib, unga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari ham jalb etilgan”, — dedi matbuot kotibi.

21-mart kuni Ukraina chegarachilari 25 nafar rossiyalikni mamlakatga kirishiga ruxsat bermagan, yil boshidan buyon kiritilmaganlar soni esa 2 mingdan oshgan.

Fevral oyida Ukraina Xavfsizlik xizmati mamlakatdagi jinoyatchi to‘dalar faoliyati haqida ma’lumot paydo bo‘lgandan keyin ommaviy qidiruv ishlarini olib bordi. Bo‘limning ma’lumotlariga ko‘ra, uning ishtirokchilari Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilib, saylovchilarning piramidalarini tuzishi ap saylovchilarni sotib olish bilan shug‘ullanishi kerak edi.