23-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Panama bilan durang o‘ynadi (1:1).
Braziliyaliklarning Markaziy Amerika terma jamoalari ustidan qozonib kelayotgan g‘alabali seriyasiga 10-uchrashuvda nuqta qo‘yildi. Bu haqda MisterChip xabar berdi.
Shu bilan birga Braziliya termasi ushbu o‘yinlarning birortasida ham o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagandi, 9 ta bellashuvda umumiy 24:0 to‘plar nisbatini hosil qilgandi.
Bu tarixdagi Markaziy Amerika vakilining Braziliya termasiga mag‘lub bo‘lmagan beshinchi holat hisoblanadi.
Braziliyaliklarning statistikasi — 23 ta g‘alaba, 3 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat. Oxirgi marta 5 karra Jahon chempionlari 2001-yilda Gonduras terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)