22-mart, juma kuni Yevro—2020 saralash bahsidan o‘rin olgan Moldovaga qarshi o‘yinda darvozabon Ugo Lyoris Fransiya terma jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushdi (4:1).
Lyoris mamlakat milliy terma jamoasi tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda Gracenote Live xabar berdi.
Uning hisobida 109 ta uchrashuv mavjud. U bu borada Zinedin Zidanni quvib o‘tdi (108).
Ro‘yxatning kuchli uchtaligidan Marsel Desayi (116), Tyerri Anri (123) va Lilian Tyuram (142) o‘rin olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)