Vengriya hukumati Suriyadagi odamlarning boshini chopib o‘ldirgan kishini hibsga oldi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Mahbusning ismi hozircha ma’lum qilinmagan, lekin u 2016-yilda 20 kishini qatl etganlikda gumon qilinmoqda.
Xabarda aytilishicha, qurbonlar IShIDga qo‘shilishdan bosh tortgan Xoms shahri ahli bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)