“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining “Atletiko”ga qarshi javob uchrashuvidagi xatti-harakatlari uchun diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi (3:0, birinchi uchrashuv — 0:2). Bu haqda UEFAning rasmiy saytida xabar berildi.
34 yoshli portugaliyalik 3-golini “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeonega o‘xshab nishonlagandi va natijada UEFA unga qarshi intizomiy ish ochgandi.
Tashkilotning intizom qo‘mitasi avvalroq Simeonega qo‘llagani kabi futbolchini o‘yinlardan chetlatmadi va unga ham 20 ming yevro jarima soldi.
Shunday qilib Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki uchrashuvida “Ayaks”ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)