22-mart, juma kuni Xitoyning Nanning shahrida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha “China Cup—2019” xalqaro musobaqasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@Uruguay

Unda Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi Oskar Tabares boshqaruvidagi Urugvay termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 5-daqiqasidayoq Gaston Pereyra hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib Kristian Stuani Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozaga Leo Messi uslubida to‘pni joylab qo‘ydi (2:0). 82-daqiqada esa Kristian Stuani yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi va dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi Kuper shogirdlari 25-mart kuni Xitoy termasi bilan musobaqaning 3-o‘rni uchun kurash olib boradi.

China Cup—2019

1/2 final bahsi

22-mart, juma

Urugvay—O‘zbekiston 3:0

Gollar: 1:0 — 5 Pereyra, 2:0 — 25 Stuani, 3:0 — 82 Stuani

Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin (Koates, 64), Himenes, Laksalt (Gonsales, 61), Nandez (Rodriges, 77), Vesino, Bentankur, Lodeyro (Sarachchi, 61), Stuani, Pereyra

O‘zbekiston: Quvvatov, Sayfiyev, Ismoilov, Krimes, Hoshimov, Ahmedov, Shukurov, Siddiqov (Aliboyev, 72), Masharipov, Hamdamov (Mirzayev, 64), Shomurodov (Bikmayev, 64)

Ogohlantirishlar: Hoshimov (59), Sayfiyev (67), Masharipov (79), Himenes (85)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!