Chechenistonlik 6 yoshli Rahim Quriyev brus yordamida mashq qilish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.
Bolakay brusda bir urinishda 330 marta harakatni bajardi.
Nashrning tasdiqlashicha, bu uning tengqurlari orasida jahon rekordi hisoblanadi. Mazkur natija Rossiyaning rekordlar kitobi vakillari tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlandi.
Qayd etish joiz, Rahim 2018-yilning 12-noyabr sanasida 2 soat 26 daqiqa ichida yotgan holda ikki qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish mashqini 4105 ta bajargandi. Avvalgi urinishlarida kichik xatoga yo‘l qo‘ygani sabab rekord tasdiqlanmagandi.
U o‘z muvaffaqiyatini Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga bag‘ishladi, shundan so‘ng Qodirov bolaga oq Mercedes hadya qildi.
Noyabr oxirlarida Quriyev 2 soat 30 daqiqa ichida yotgan holda ikki qo‘lda gavdani tushirib-ko‘tarish mashqini to‘xtovsiz 3202 marta bajarib, Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgandi.
Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, bolakay sport bilan bir necha yildan buyon shug‘ullanib keladi. U mashqlarni, asosan, otasining nazorati ostida bajaradi. Otasi o‘z farzandini olimpiadachi qilish orzusida. Bundan tashqari Rahim shpagatda o‘tira oladi va qo‘llarida turgan holda tayoqchani ushlay oladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)