Yangi Zellandiyada 15-mart kuni sodir bo‘lgan terroristik hujumning qurbonlarini dafn qilish boshlandi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Ikki masjidda sodir etilgan otishmada 50 kishi halok bo‘lgan, yana shuncha odam jabrlangan. Hozirgacha 21 nafar qurbonning shaxsi aniqlangan, ularning jasadlari oilalarga topshirilgan.
Yangi Zelandiya hukumati hujumni terakt deb atadi. Qotillik bo‘yicha ayblov bir kishiga qo‘yilgan — bu 28 yoshli Avstraliya fuqarosi. U 5-aprelgacha qamoqda qoladi.
Yangi Zelandiya Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, mamlakat aholisidan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi. “Mamlakatimizda turli darajadagi xavf tahdidlari saqlanib qolmoqda. Politsiyachilar faol harakat qilmoqda, ammo biz har biringizni hushyor bo‘lishga chaqiramiz. Halok bo‘lganlarga kelsak — ularning xotirasiga yodgorlik barpo etiladi” — deydi Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern.
Izoh (0)