Joriy yilning 16-martga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining Piskent tumanida uch nafar noma’lum shaxs yuziga niqob kiyib, temir bo‘lagi va pichoq bilan qurollangan holda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan, deya xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ular Navoiy mahallasida yashovchi F.A.ning uyida uning birga yashovchi o‘g‘li B.A.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohati yetkazgan hamda uyidan 4 300 000 so‘m pul va taqinchoqlarni olib voqea joyidan yashiringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy mahallasida yashovchi Z.S., O‘rtachirchiq tumani Galabotir mahallasida yashovchi S.J. va Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi M.M.lar sodir etganligi aniqlangan. Jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)