Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Kraystchyorchdagi masjidlarga amalga oshirilgan qurolli hujumlarni keskin qoraladi va bu hujumda jarohat olganlarga tezroq shifo topishini so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Men Yangi Zelandiyada musulmonlarga qarshi Al-Nur masjidida sodir bo‘lgan terrorchilik harakatini keskin qoralayman. Alloh jabrlanganlarga rahm qilsin va jarohatlanganlarga tezroq shifo bersin. Men mamlakatim nomidan butun Islom dunyosiga va Yangi Zelandiyadagi bu jirkanch irqchilik va islomofobiyaning yaqqol ko‘rinishi bo‘lgan harakati oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya izhor etaman”, — deydi Erdo‘g‘on o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Juma kuni qurollangan shaxslar namozdan so‘ng Al-Nur va Linvud masjidlariga kirib, kirish eshiklarini qulflab qo‘ygan va hujum amalga oshirgan. Guvohlarning bildirishicha, bu paytda masjidda taxminan 200 va 300 kishi bo‘lgan. Hodisa oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 49 kishi halok bo‘lgan. Masjidlarga hujum qilish ayblovlari bilan to‘rt kishi, uch erkak va bir ayol hibsga olingan.
Izoh (0)