15-mart, juma kuni Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Twitter

Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. Bugun jamoalar hech qanday savatchalarga ajratilmaydi. Ya’ni, endilikda bir mamlakat klublari o‘zaro duch kelishi mumkin. Shuningdek, tadbir davomida yarim final qur’asi ham ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, chorak finalning dastlabki o‘yinlari 9—10-aprel, javob bellashuvlari esa 16—17-aprel kunlariga belgilangan. Yarim final bahslari esa 30-aprel — 1-may hamda 7—8-may kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Joriy yilgi mavsum finali esa 1-iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.

1/4 finalga chiqqan jamoalar:

  • “Barselona”
  • “Manchester Siti”
  • “Manchester Yunayted”
  • “Liverpul”
  • “Tottenhem”
  • “Portu”
  • “Yuventus”
  • “Ayaks”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!