“Sinaloa” giyohvand moddalari kartelining sobiq rahbari “Pakana” laqabli narkobaron Xoakin Gusmanning himoyachilari Meksikaning sobiq prezidenti Enrike Penya Neto ustidan ekstraditsiya bilan bog‘liq protsessual qonunbuzarliklar sababli Bosh prokuraturaga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
“Shikoyat Gusmanga yetkazilgan zarar Konstitutsiya va mavjud qonunlarni buzgan holda noqonuniy ravishda amalga oshirilganligi sababli yuborilgan”, — deydi advokat.
Ma’lum bo‘lishicha, “Pakana” Kaliforniya bilan chegara orqali Texasga yetkazilishi kerak edi, ammo uni Nyu-Yorkka olib ketishgan, bu esa Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ekstraditsiya kelishuvini buzgan.
Ilk bor narkobaron 1993-yilda Gvatemalada qo‘lga olingan. U Meksikaga ekstraditsiya qilingan, va u yerda u taqiqlangan moddalar kontrabandasi va qotilliklar sababli 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Biroq Gusman qamoqxona xodimlariga pora berib, 2001-yilda qochib ketgan. U Meksika va AQSh tomonidan Interpol orqali qidiruvda bo‘lgan.
U 2014-yilda yana qamoqqa olingan, ammo bir yil o‘tib, u yarim kilometrlik tunnelni yorib o‘tib, yana qamoqdan qochgan. Uchinchi marta u 2016-yilda qo‘lga olingan va bir yil o‘tgach AQShga topshirilgan.
2009-yilda Forbes “Pakana”ning boyligini 1 milliard dollarga baholagan va uni dunyo milliarderlari ro‘yxatining 701-pog‘onasiga joylashtirgan.
Izoh (0)